O‘zbekistonda hududlar bo‘yicha Yalpi hududiy mahsuloti (YAHM) ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.
YAHM – Milliy hisoblar tizimining asosiy ko‘rsatkichlaridan biri bo‘lib, muayyan davrda mintaqaning iqtisodiy hududida joylashgan rezident – institutsional birliklar ishlab chiqarish faoliyatining yakuniy natijasini ifodalaydi.
O‘zbekistonning 2022 yil birinchi chorakda YAHMsi 162,78 trln so‘m bo‘ldi.
2022 yil yanvar mart oylarida YAHMni shakllantirishda eng katta ulushga Toshkent shahri egalik qildi — 18,9 foiz. Ikkinchi o‘rinni Toshkent viloyati (11,6 foiz) egallagan bo‘lsa, uchinchi pog‘onada Navoiy viloyati (9 foiz) qayd etilgan. Jizzax va Sirdaryo viloyatlari bu borada eng kam ulushga ega bo‘lgan — mos ravishda 2,6 foiz va 1,9 foiz.
Aholi jon boshiga YAHM hisoblanganda bu borada yetakchilikni Navoiy viloyati qo‘lga kiritdi. Viloyatda YAHM jon boshiga 14,2 mln so‘mdan to‘g‘ri kelmoqda. Bu borada Toshkent shahri va Toshkent viloyati ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egalladi. Toshkent shahrida jon boshiga to‘g‘ri keladigan YAHM 10,6 mln so‘m bo‘lgan bo‘lsa, Toshkent viloyatida 6,4 mln so‘m bo‘ldi.
O‘zbekistonda 2022 yilning dastlabki choragi uchun aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YAHM 4,6 mln so‘m bo‘lmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Ishchi-xodimlar manfaatlari himoya qilindi