Fuqarolik ishlari bo‘yicha Guliston tumanlararo sudining 29.03.2012 yildagi qaroriga asosan qarzdor M.B.dan undiruvchi M.Z.ning foydasiga voyaga yetmagan farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati byuroning Oqoltin tuman bo‘limiga 27.07.2020 yilda kelib tushgan.
Olib borilgan ijro harakatlari hamda qarzdorga berilgan huquqiy tushuntirishlar natijasida qarzdor farzandlarining moddiy ta’minoti uchun 5 yillik aliment pullarini oldindan to‘lashini bildirdi.
Davlat ijrochilari tomonidan 5 yillik aliment hisob-kitob qilinib, hisoblangan 63 mln. 793 ming so‘m aliment pullari qarzdordan to‘liq undirilib, undiruvchi A.S.ning Aloqa bankda ochilgan plastik kartasiga o‘tkazib berilishi ta’minlandi.
Turmush o‘rtog‘ining farzandi uchun ko‘rsatgan g‘amho‘rligidan xursand bo‘lib ketgan M.Z. ham oilasini tiklashini va turmush o‘rtog‘i bilan yarashishini takidlab o‘tib, byuroning ish yurituvida bo‘lgan ijro hujjatini qaytarib oldi. Shu tariqa yana bir oila tiklanib, jarayondagi ijro ishi tamomlandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas