Senat «Davlat mulkini boshqarish to‘g‘risida»gi qonunni ma’qulladi

1 daqiqa o'qish1.3K
Senat «Davlat mulkini boshqarish to‘g‘risida»gi qonunni ma’qulladi
Foto: Oliy Majlis Senati
Bugun, 13 iyun kuni Senatda «Davlat mulkini boshqarish to‘g‘risida»gi qonun muhokama qilindi. Bu haqda «Daryo» muxbiri xabar bermoqda.

Qonunda davlat mulkini boshqarish prinsiplari, unga egalik qilish mezonlari belgilanmoqda. Davlat mulki respublika hamda munitsipal mulk turlariga ajratilmoqda.

«Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ boshqaruvi raisi Abdulla Xursanovning ma’lum qilishicha, qonun bilan davlat mulkidan foydalanishda qa’tiy talablar qo‘yilmoqda.
Senat «Davlat mulkini boshqarish to‘g‘risida»gi qonunni ma’qulladi
Foto: Oliy Majlis Senati / Abdulla Xursanov
«Shu paytga qadar davlat mulkini boshqarish samaradorligi qay darajada ekani, qancha davlat mulki borligi va ular qaysi manbalar hisobidan boshqarilayotgani to‘g‘risidagi ma’lumotlar oshkor etilmayotgan edi. Mazkur qonun asosida davlat mulki bilan bog‘liq barcha ma’lumotlar oshkor qilinadi. Yana bir muhim masala, qonunda sog‘lom raqobatni rivojlantirish ko‘zda tutilmoqda. Hujjat bilan davlat va nodavlat korxonalariga teng imkoniyat berish, ya’ni davlat korxonalariga qo‘shimcha imtiyozlar berilmasligi belgilanmoqda. Shuningdek, qonun asosida davlat mulkidan foydalanish samaradorligini baholash mexanizmi joriy etiladi. Ortiqcha yoki maqsadga muvofiq foydalanilmagan mulk tortib olinib, samarali boshqaruvga beriladi. Eng muhimi, davlat mulkini boshqarishda hisobdorlik, shaffoflik va ma’lumotlarni oshkor qilinishi belgilanmoqda. Bu davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini kamaytirishga xizmat qiladi», – dedi kompaniya rahbari.
Senat «Davlat mulkini boshqarish to‘g‘risida»gi qonunni ma’qulladi
Foto: Oliy Majlis Senati / Odiljon Eminov
Majlisda Senat qo‘mitasi raisi Odiljon Eminov ham o‘z firklarini bildirdi.

«Davlat – eng yomon tadbirkor. Bugun O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotining qariyb yarmi davlat korxonalari hissasiga to‘g‘ri keladi. Hozirda iqtisodiyotda davlat ulushini qisqartirish muhim ahamiyatga ega. Qonun ushbu maqsadlarga ham xizmat qiladi. Shu bilan birga, davlat mulkidan oqilona va ehtiyotkorona foydalanishda samarali imkoniyatlar yaratadi», – dedi senator.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?