To‘yda kelinchakni urgan kuyovbola topildi – u javobgarlikka tortilishi kutilmoqda

1 daqiqa o'qish3.3K
To‘yda kelinchakni urgan kuyovbola topildi – u javobgarlikka tortilishi kutilmoqda
Foto: Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda kelin-kuyov to‘y marosimida qandaydir o‘yin o‘tkazilgani, unda yutqazib qo‘ygan kuyov mag‘lubiyatga chiday olmay kelinning boshiga urgani aks etgan video tarqalgandi. Internet yulduziga aylangan kuyov topildi: u endi sud oldida javob beradi.

Kun.uz hodisa tafsilotlariga oydinlik kiritish maqsadida mutasaddi vazirlik va idoralar bilan bog‘landi. Mas’ul xodimlarning sa’y-harakatlari va ro‘y bergan holatga befarq bo‘lolmagani sababli kelin va kuyov topildi.

Qayd etilishicha, ushbu to‘y 2022 yil 6 iyun kuni Surxondaryo viloyati Uzun tumanida bo‘lib o‘tgan. Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, 1997 yilda tug‘ilgan kuyov 2003 yilda tug‘ilgan kelin nikoh to‘yi marosimida qog‘ozga o‘ralgan shirinlik kim birinchi bo‘lib ochish bo‘yicha musobaqalashgan. O‘yinda kelinning omadi kelgan va u birinchi bo‘lib shirinlikni ochgan. Bundan jahl otiga mingan kuyov kelinga bir marotaba tarsaki tushirgan.

Garchi internetda tarqalgan videoda kaltak yegan kelinning oldiga qandaydir ayol (kelinning onasi bo‘lishi mumkin – tahririyat) yaqinlashgani va kelin kuyov bilan o‘tirgan sahnani tark etgani ko‘ringan bo‘lsa-da, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi Surxondaryo viloyati boshqarmasining ma’lum qilishicha, o‘sha kuni to‘y oxirigacha davom etgan va boshqa ko‘ngilsizlik sodir bo‘lmagan. Hech kim huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ro‘y bergan holat bo‘yicha murojaat qilmagan.

Surishtiruvlar davomida muhokamaga sabab bo‘layotgan videoni kim tasvirga tushirgani va xalqaro tarmoqqa joylaganini aniqlashning imkoni bo‘lmagan.
To‘yda kelinchakni urgan kuyovbola topildi – u javobgarlikka tortilishi kutilmoqda
Foto: Bosh prokuratura
To‘yda kelinchakni urgan kuyovbola topildi – u javobgarlikka tortilishi kutilmoqda
Foto: Bosh prokuratura
Bosh prokuratura axborot xizmatining ma’lum qilishicha, mazkur holat yuzasidan Uzun tumani IIB tomonidan fuqaro X.R. (kuyov) ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan ma’muriy ish qo‘zg‘atilib, to‘plangan hujjatlar ko‘rib chiqishlik uchun sudga yuborilgan. Bundan tashqari, kuyov va kelin hamda ularning ota-onalari bilan profilaktik suhbat o‘tkazilgan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?