Saida Mirziyoyeva zo‘ravon kuyov voqeasiga munosabat bildirdi

1 daqiqa o'qish2.9K
Saida Mirziyoyeva zo‘ravon kuyov voqeasiga munosabat bildirdi
O‘zbekiston Respublikasi Gender tengligini ta’minlash bo‘yicha komissiyasi a’zosi Saida Mirziyoyeva to‘y vaqtida kelinni urgan kuyov voqeasiga munosabat bildirdi.

«Kelinni tanlovda g‘olib bo‘lishga jur’at etgani uchun, to‘yda urgan kuyov videosi jamiyatimizda katta rezonans uyg‘otdi.

Bu hodisa qayerda sodir bo‘lgani muhim emas, o‘zimizdami yoki qo‘shni yurtdami, ikki kun oldinmi yoki ikki yilmi – farqi yo‘q. Bu jirkanch vaziyatga bizning munosabat muhim.

Agar bu hodisa sizni va atrofingizdagilarni g‘azablantirgan, hayratga solgan bo‘lsa, demak atrofingizda sog‘lom jamoa bor.

Mabodo «ayol erkakka yon bosishi shart», «o‘zi aybdor, tili uzun bo‘lsa kerak» kabi gaplarni eshitayotgan bo‘lsangiz, mana bu haqiqiy falokatdir.

Biz hammamiz rivojlangan, madaniyatli yurtda, boy va baxtli yashashni xohlaymiz. Demak, har birimiz ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini anglashimiz va shu qarashda qat’iy turishimiz zarur.

Bunday holatlarni xotirjam kuzatish, bir-bir bo‘lib turadi-da, deb oddiy qarash mumkin emas.

Va kaltabin kuyovto‘rani qoralab, kelinga rahmimiz kelar ekan, o‘z farzandlarimizga nisbatan ham shunday munosabatda bo‘lmaslik, ya’ni maktabni bitirgach o‘qishni taqiqlamaslik, iloji boricha tezroq turmushga berishga yoki uylantirishga harakat qilmaslik, o‘z aqli bilan yashashga ruxsat berish muhimdir.

Aynan shu bois bizga istiqbolli keng yo‘llarni ochadigan, ayollarni mustaqil va kuchli qiladigan ta’lim zarur. Ta’lim bizga hayotimizni qanday o‘tkazishni tanlash imkonini beradi
», deb yozadi Saida Mirziyoyeva.

Eslatib o‘tish joizki, mazkur hodisa nafaqat O‘zbekistonda, balki xorijda ham keng muhokama qilingan. Jumladan, rus madaniyat vakillari tomonidan keskin tanqidga uchragan.

Shuningdek, video Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Rossiyada, qolaversa, Janubiy Koreya, Amerika, Sharq davlatlari YouTube kanallari va rasmiy nashrlarida mashhur bo‘ldi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?