Toshkentda bolalarni muntazam qiynab kelgan shaxslar ushlandi

1 daqiqa o'qish1.8K
Toshkentda bolalarni muntazam qiynab kelgan shaxslar ushlandi
Sergeli tumanidagi xususiy uylardan birida yashovchi 37 yoshli O.A. va uning turmush o‘rtog‘i 35 yoshli M.A., tegishli ruxsatsiz 15 nafar voyaga yetmagan bolaga diniy adabiyotlardan foydalangan holda dars o‘tishgan. Voqea joyidan diniy adabiyotlar va mobil telefonlar topilib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan ushbu shaxslarga nisbatan MJtKning 241-moddasiga (Diniy ta’limotdan saboq berish tartibini buzish) asosan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Shuningdek, holatni o‘rganish jarayonida, bolalarga muntazam ravishda psixologik va jismoniy tazyiq o‘tkazilgani ma’lum bo‘lgan. Ularga nisbatan jismoniy kuch ishlatilgan.
Toshkentda bolalarni muntazam qiynab kelgan shaxslar ushlandi
Mazkur holat yuzasidan IIO xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Voyaga yetmagan bolalarga yetkazilgan tan jarohatlarining og‘irligini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Barcha holatlar aniqlanguniga qadar bolalar Toshkent shahar IIBBning Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirilib, ularga psixologik va tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?