FHDYO sohasida yangi qaror loyihasi e’lon qilindi

1 daqiqa o'qish1.4K
FHDYO sohasida yangi qaror loyihasi e’lon qilindi
Vazirlar Mahkamasining «Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish tartiblarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori loyihasi jamotchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi.

Adliya vaziriligi tomonidan ishlab chiqilgan hujjat loyihasi qabul qilinsa, odamlarga qator qulayliklar bo‘ladi. Xususan:
  • tug‘ilganlik tibbiyot muassasalari orqali FHDYO bo‘limlarida qayd etiladi. Bunda bola tug‘ilganida tug‘ruqxonada beriladigan tegishli QR-kodli ma’lumotnoma tug‘ilganlik haqidagi gerbli guvohnomaga tenglashtiriladi;
  • nikoh tuzish va ajratishni qayd etish uchun FHDYO bo‘limiga ariza berish eksperiment tariqasida Davlat xizmatlari markazlari orqali joriy etiladi;
  • nikohdan o‘tish uchun ariza berilgani haqida yashash joyidagi mahalla komitetini xabardor qilish shart bo‘lmaydi;
  • nikohdan ajratish haqida ariza berilganda yarashtiruv komissiyalariga elektron tizim orqali xabar yuboriladi (hozir fuqarolar o‘zlari borishlari kerak);
  • fuqarolarning familiya, ism va ota ismini o‘zgartirishda tekshiruv o‘tkazish uchun ichki ishlar organiga so‘rovnoma yuborish va xulosa olish axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.

Taqdim etilgan loyiha kelajakda tug‘ilganlik holatlarini o‘z vaqtida qayd qilishga, tug‘ilganlik, nikohni qayd etishda ortiqcha qog‘ozbozlik va byurokratik holatlarga barham berishga yordam beradi. Shuningdek, yangi tizim orqali soha xodimlari o‘rtasida korrupsiyaviy holatlar sodir etilishining oldini olishga, hamda FHDYO sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanishga erishiladi.

Mazkur loyihasi muhokamasi 2 iyulga qadar davom etadi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?