Bahrom Haydarov hibsdaligida qabul qilingan qaror va farmoyishlar bekor qilindi

1 daqiqa o'qish1.9K
Bahrom Haydarov hibsdaligida qabul qilingan qaror va farmoyishlar bekor qilindi
Foto: Andijon shahri hokimligi matbuot xizmati
Avvalroq Kun.uz xabar berganidek, sobiq hokim 6 iyun kuni qo‘lga olinib, 7 iyunda sud ajrimi bilan qamoqqa olingan, shu ikki kun davomida u tomonidan imzolangan deya ko‘rsatilgan 26ta hujjat “E-qaror” tizimiga joylashtirilgan.

Adliya organining qayd etishicha, 6 iyun kuni soat 9:43 va 21:18 oralig‘ida hamda 7 iyun kuni 18:10 va 21:07 oralig‘ida hokimlik devonxonasi mudiri S.Qodirjonov hokim Haydarovga tegishli elektron raqamli imzodan foydalangan holda “E-qaror” platformasida 26 ta qaror va farmoyishni imzolaganligi va Haydarovning “E-qaror” elektron tizimidagi shaxsiy kabineti “Uzinfocom” MCHJ mutaxassislari tomonidan bloklanganligi xabar qilingan edi.

Andijon shahriga tayinlangan yangi hokim G‘ofurjon Abdurahmonovning ilk imzo qo‘ygan qaroriga asosan 6 va 7 iyun kunlari qabul qilgan qaror va farmoyishlar bekor qilingan.

Eslatib o‘tamiz, Bahrom Haydarov Andijon viloyati moliya boshqarmasi boshlig‘i sifatida jinoiy sheriklari bilan budjetning 48 mlrd so‘mini talon-toroj qilishda gumonlanyapti.

6-7 iyun kunlari uning nomidan 26ta hujjat imzolangan bo‘lib, ulardan 19tasi – yer uchastkalarini onlayn auksionga chiqarish haqida.

14 iyun kuni esa xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida G‘ofurjon G‘ulomjanovich Abdurahmonov shaharning yangi hokimi etib tayinlangani e’lon qilingan edi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?