Nega plastik butilkalardan qayta foydalanish mumkin emas?

1 daqiqa o'qish1.3K
Nega plastik butilkalardan qayta foydalanish mumkin emas?
Foto: Grazia
Havo issiq vaqtida odamlar o‘zi bilan doim bir baklajka suv olib yurishi kerak. Albatta, har bir kishi hech bo‘lmaganda bir marta plastik butilkalarni qayta ishlatmaslik haqida o‘ylasa kerak, chunki ular ancha arzon. Ammo undan qayta foydalanish noxush oqibatlarga olib kelishi mumkinligini hamma ham bilmaydi. Grazia nashri nega baklajkalardan bir marta foydalanish kerakligini ma’lum qildi.

Albatta, baklajkaga suv quyilsa, toza ko‘rinadi. Biroq keyinchalik bunday bo‘lmaydi. Ishlab chiqaruvchi kompaniyalar turli xil materiallardan idishlar yasaydi, plastmassa bo‘yicha mutaxassis bo‘lmasangiz, bir marta ishlatiladigan baklajkadan ikki marta foydalanish g‘oyasidan voz kechgan ma’qul.

Ba’zi idishlarda zaharli kimyoviy moddalar mavjud bo‘lib, ular idishga zarar yetganda, masalan, mayda yoriqlar bo‘lsa, suyuqlikka tushishi mumkin. Ularning soni ahamiyatsiz, shuning uchun plastik idishni kamdan-kam holda qayta ishlatilsa, sog‘liqqa ta’sir qilmasligi mumkin. Biroq bu odatni doimiy takrorlash salomatlikda bir qancha muammolar paydo bo‘lishiga olib keladi.

Ya’ni, baklajkadan suyuqlik ichilganda, og‘iz bo‘shlig‘idan bakteriyalar idishga kiradi, ular baklajkaning devorlarida, shuningdek, ko‘rinmas eng kichik yoriqlarda faol ravishda ko‘payadi va to‘planadi. Shu sababli konteynerni xavfsiz qayta ishlatish uchun uni butunlay tozalab bo‘lmaydi. Natijada, ovqat hazm qilish buzilishi, ko‘ngil aynishi, bosh og‘rig‘i va charchoq hissi paydo bo‘lishi mumkin.

Salomatlikni asrash uchun qayta foydalanish mumkin bo‘lgan idishlarni sotib olish yaxshiroq. Ammo har safar foydalangandan keyin uni yuvishni unutmaslik kerak. Aks holda unda bakteriyalar ham ko‘paya boshlaydi, bu salomatlikka salbiy ta’sir qiladi. Mutaxassislar barcha mikroblarni o‘ldirish uchun idishni maxsus cho‘tka va vosita bilan tozalashni tavsiya qiladi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?