Jizzaxda ikki cho‘pon o‘rtasidagi janjal o‘lim bilan yakun topdi

1 daqiqa o'qish1.6K
Jizzaxda ikki cho‘pon o‘rtasidagi janjal o‘lim bilan yakun topdi
Kadr: Telegram
Jizzax viloyatining Zarbdor tumanida ikki fuqaro o‘rtasida sodir bo‘lgan janjal oqibatida ulardan biri vafot etdi, deb xabar beradi viloyat IIB axborot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, 19 iyun kuni soat 07:00 larda Zarbdor tumani «Taraqqiyot» mahallasida cho‘ponlik bilan shug‘ullanuvchi ikki nafar shaxs o‘zaro janjallashib qolgan. Xususan, 29 yoshli shaxs qoramollarini haydab ketish uchun ularni Bunyodkor ko‘chasida yashovchi 54 yoshli hamqishlog‘ining uyi oldiga to‘plagan.

Xonadon egasi cho‘ponga qoramollarni uyi oldidan haydashini talab qilgan va o‘rtada nizo kelib chiqqan.

Janjal davomida cho‘pon mahalladoshini yerga yiqitib, yuzi va bosh qismiga bir necha marta urgan. O‘z navbatida, kaltak yegan shaxs yonida bo‘lgan sumkasidan oshxona pichog‘ini chiqarib, cho‘ponning chap ko‘krak qismiga bir marotaba urib, tan jarohat yetkazgan.

Oqibatda og‘ir tan jarohatlari olgan cho‘pon tuman tibbiyot birlashmasida vafot etgan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?