00:13 / 24.06.2022
1 555

O‘zbekistonda energetika bozorini boshqarish bo‘yicha yangi tizim yaratiladi

O‘zbekistonda energetika bozorini boshqarish bo‘yicha yangi tizim yaratiladi
Shavkat Mirziyoyev 23 iyun kuni elektr energetikasi korxonalari faoliyatini transformatsiya qilish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, yig‘ilishda energetika bozorini boshqarish bo‘yicha yangi tizim yaratish masalalari muhokama etilgan. Xususiy generatsiya korxonalari ulanishi uchun teng sharoit yaratish maqsadida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining elektr energiyasini yagona xarid qilish va magistral tarmoqlarni boshqarish vakolatlarini ajratish taklifi bildirilgan.

Bunda yagona xarid qiluvchi kompaniya barcha elektr stansiyalaridan elektr energiyasini shartnoma asosida sotib olib, yirik korxona va hududiy elektr tarmoqlari korxonalariga sotadi. Magistral tarmoq operatori esa elektr energiyasini yetkazib berish, yo‘qotishlarni kamaytirish va energotizimni texnik boshqarish bilan shug‘ullanadi.

Kelgusi yilda 14 ta tuman va shaharda «Hududiy elektr tarmoqlari» AJga muqobil tarzda, iste’molchilarga elektr energiyasini sotadigan xususiy chakana elektr savdo kompaniyalari tashkil etiladi. Shuningdek, tarmoq rahbarlariga transformatsiya jarayonini jadallashtirish, korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish va to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jalb qila oladigan kompaniyalarga aylantirish kerakligi ta’kidlandi. Soha korxonalarining operatsion xarajatlarini optimallashtirish, elektr uzatish tarmoqlarini yangilash bo‘yicha ham topshiriqlar berilgan.

Hukumat va soha rahbarlariga ushbu islohotlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan yuqori malakali kadrlarni tayyorlash bo‘yicha dastur ishlab chiqish vazifasi qo‘yilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda energetika bozorini boshqarish bo‘yicha yangi tizim yaratiladi