Fuqaroni hokim o‘rinbosari qilib tayinlash uchun 200 ming dollar so‘ragan er-xotinga sud hukmi o‘qildi

1 daqiqa o'qish2.1K
Fuqaroni hokim o‘rinbosari qilib tayinlash uchun 200 ming dollar so‘ragan er-xotinga sud hukmi o‘qildi
Toshkent shahri Chilonzor tumanida yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali fuqaroni mas’ul lavozimga tayinlab berish uchun katta miqdorda pul talab qilgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar qildi.

Qayd etilishicha, 13 oktabr kuni DXX, IIV, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda fuqaro M.F. (1982 yilda tug‘ilgan ayol) va uning shar’iy turmush o‘rtog‘i D.A. til biriktirib, fuqaro Q.A. (ayol)ning ishonchiga kirgani aniqlangan. Ular fuqaroni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Toshkent viloyati Nurafshon shahri hokimligi xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i etib, keyinchalik esa hokim o‘rinbosari lavozimiga tayinlab berishini va’da qilgan. Ular xizmati evaziga 200 ming dollar so‘ragan.

Tezkor tadbir davomida ular Toshkent shahridagi «Novza» metro bekati oldidagi savdo majmuasida fuqarodan kelishilgan pulning 130 ming dollarini olayotganda ushlangan.

M.F. va D.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi va 28, 211-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan ayb e’lon qilingan. D.A.ga nisbatan 54 million so‘m jarima va 7 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. M.F.ga esa 27 million so‘m jarima va 5 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Tayinlangan ozodlikdan mahrum qilish jazosi shartli hisoblanib, 2 yil sinov muddati belgilangan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?