«Xavfsiz va sog‘lom yurt» tadbirlarida bir qator jinoiy holatlar fosh etildi

1 daqiqa o'qish188
«Xavfsiz va sog‘lom yurt» tadbirlarida bir qator jinoiy holatlar fosh etildi

DXX va IIV xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor reydlarda giyohvandlik vositalarini noqonuniy saqlash, tashish va kannabis yetishtirish holatlariga chek qo‘yildi.

Namangan viloyatining Norin tumanida 1961 yilda tug‘ilgan fuqaroning xonadonidan 1 kilogramm 595 gramm marixuana topildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, modda keyinchalik sotish uchun saqlangan.

Chortoq tumanida 1973 yilda tug‘ilgan shaxs tomorqasida 839 tup kannabis o‘stirayotgani ma’lum bo‘ldi.

Samarqand viloyatida esa Urgut tumanida istiqomat qiluvchi 1995 yilda tug‘ilgan fuqaro Toyloq hududida avtomashinasi bilan harakatlanayotgan paytda to‘xtatilgan. Undan 20 gramm geroin ashyoviy dalil sifatida olingan.

Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumanida muqaddam giyohvandlik savdosi uchun sudlangan shaxs 36 tup kannabis yetishtirgani aniqlangan.

Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahrida ham avval shu turdagi jinoyat uchun sudlangan fuqaro hovlisidagi issiqxonada 22 tup kannabis parvarishlagan.

Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanidagi xonadonlardan birining tomorqasida esa 10 tup kannabis o‘simligi topilgan.

Barcha musodara qilingan giyohvandlik vositalari va o‘simliklar belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan. Hozir har bir holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv davom etmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?