Qurilish vazirligining 143 nafar xodimi javobgarlikka tortiladi

1 daqiqa o'qish1.5K
Qurilish vazirligining 143 nafar xodimi javobgarlikka tortiladi
Biznes-ombudsman devoni xodimlari tomonidan Qurilish vazirligi, uning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) bo‘limlarida tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga rioya etilishi bo‘yicha o‘rganish o‘tkazildi. Bu haqda tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, o‘tkazilgan o‘rganishlarda Qurilish vazirligi va uning hududiy bosh boshqarmalari xodimlari tomonidan 1 326 ta holatda tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari bilan bog‘liq qonun hujjatlari talablarining buzilishiga yo‘l qo‘yilgani aniqlangan. Jumladan, turli davlat xizmatlarini ko‘rsatishda 90 nafar xodim tomonidan 1 091 ta holatda belgilangan muddatlarni kechiktirish, ortiqcha hujjatlar talab qilish, murojaatni asossiz rad etish kabi qonun buzilish holatlariga yo‘l qo‘yilgan.

Shuningdek, tadbirkorlarning ruxsat berish bilan bog‘liq murojaatlarini ko‘rib chiqishda Farg‘ona viloyatida 8 ta, Toshkent shahrida 3 ta holatda litsenziyalash hamda ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risidagi qonunchilik talablari buzilgan.

Bundan tashqari, amaldagi tartibga asosan, litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya berish masalasini ko‘rib chiqish muddati 7 ish kuni qilib belgilangan bo‘lsa-da, vazirlik markaziy apparati xodimlari tomonidan 7 ta holatda mazkur muddatning buzilishiga yo‘l qo‘yilgan.

Tadbirkorlik sub’yektlarining murojaatlarini ko‘rib chiqilishi o‘rganilganda 197 ta holatda qonunchilikka zid ravishda murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlari o‘tkazib yuborilgan.

Bundan tashqari, tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida 20 ta holatda o‘tkazilgan o‘rganishlar biznes-ombudsmanni xabardor qilmasdan amalga oshirilgan.

Yuqoridagi qonun buzilish holatlariga yo‘l qo‘yilgani uchun vazirlik va uning hududiy bosh boshqarmalarining 143 nafar xodimiga nisbatan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida bayonnomalar rasmiylashtirilib, ko‘rib chiqish uchun sudlarga yuborilgan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?