12:20 / 27.06.2022
1 340

Qo‘qondagi bog‘chada nogiron bola kaltaklangani haqidagi xabarlar yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi

Qo‘qondagi bog‘chada nogiron bola kaltaklangani haqidagi xabarlar yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi
Foto: Telegram
Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahridagi 39-son ixtisoslashgan logoped bog‘chada nogiron bola tarbiyachi tomonidan muntazam kaltaklanib kelingani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi bu xabarni rad etdi.

Ma’lum qilinishicha, internet tarmoqlarida tarqalayotgan mazkur xabar yolg‘on ma’lumot bo‘lib, holat davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida emas, defektolog mutaxassisning uyida sodir bo‘lgan.

Yuqorida aytilgan xabar yuzasidan Farg‘ona viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘ining ko‘rsatmasiga binoan maxsus ishchi guruh tuzilib o‘rganish ishlari olib borilgan. Aniqlanishicha, xabarda aytilgan 39-sonli maxsus maktabgacha ta’lim tashkiloti shaharning O‘rda 1-tor ko‘chasida emas, aksincha Muqimiy shaharchasida joylashgan.

Xabarda fotolari tarqatilayotgan bola 2019 yilda tug‘ilgan qizcha A.A. o‘z uyi — Qo‘qon shahar O‘rda 1-tor ko‘chasidagi uyda defektologlik bilan shug‘ullanib kelayotgan A.A.ning oldiga tilidagi nuqsoni sabab maxsus kursga qatnayotgan bo‘lgan. Holat aynan ushbu defektologning xonadonida sodir bo‘lgan.

Holat Farg‘ona viloyati IIB tomonidan kam o‘rganib chiqilgan. O‘rganish natijalaridan ma’lum bo‘lishicha, 17 iyun kuni viloyat IIB 102 qisqa raqamiga Qo‘qon shahrida istiqomat qiluvchi ayol E.M. murojaat qilib, shaharning O‘rdatagi ko‘chasida joylashgan bolalar bog‘chasida tarbiyachi uning farzandini urib, tan jarohati yetkazganini aytgan.

Mazkur holat yuzasidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida yuqoridagi holat maktabgacha ta’lim tashkilotida emas, defektolog mutaxassisning yashash uyida sodir bo‘lgani aniqlangan. Ko‘rsatilgan manzildagi xonadonda A.G‘. (ayol) kasbi defektolog bo‘lgan opasi D.A.ga yordamchi sifatida qarashib turishini, 17 iyun kuni bolalardan biri bo‘lgan A.A. (suratdagi bola) ko‘p yig‘lab yuborgani sababli asabiylashib, uni yuziga qo‘li bilan urib yuborganini bildirgan.

O‘tkazilgan sud-tibbiy ekspertizasining xulosasida voyaga yetmagan A.A.ga ko‘p davom etmaydigan yengil tan jarohati yetkazilgani ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro A.G‘.ga nisbatan Qo‘qon shahar IIB tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 52-moddasi (yengil tan jarohati yetkazish) 2-qismi bilan ma’muriy tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, 25 iyun kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘qon shahar sudiga yuborilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qo‘qondagi bog‘chada nogiron bola kaltaklangani haqidagi xabarlar yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi