16:16 / 27.07.2022
1 254

O‘zbekistonning qaysi hududi ajralishlar soni bo‘yicha yetakchi?

O‘zbekistonning qaysi hududi ajralishlar soni bo‘yicha yetakchi?
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar iyun oylarida respublika bo‘yicha 24 572 ta nikohdan ajralish holatlari qayd etilgan bo‘lib, har ming nafar aholiga to‘g‘ri keladigan nikohdan ajralishlar soni – 1,4 promilleni tashkil etgan.

Hududlar kesimida nikohdan ajralishlar soni bo‘yicha eng ko‘p Toshkent shahri (2950 ta) va Samarqand viloyatida (2569 ta) qayd etilgan bo‘lsa, har ming nafar aholiga to‘g‘ri keladigan nikohdan ajralishlar soni bo‘yicha Toshkent shahri (2,1 promille) va Sirdaryo viloyati (2,0 promille) eng yuqori ekanligi kuzatildi.

Hududlar kesimida nikohdan ajralish holatlari soni:

Qoraqalpog‘iston – 1056 ta;
Andijon viloyati – 2532 ta;
Buxoro viloyati – 1405 ta;
Jizzax viloyati – 827 ta;
Qashqadaryo viloyati – 2006 ta;
Navoiy viloyati – 720 ta;
Namangan viloyati – 2183 ta;
Samarqand viloyati – 2569 ta;
Surxondaryo viloyati – 1348 ta;
Sirdaryo viloyati – 888 ta;
Toshkent viloyati – 2535 ta;
Farg‘ona viloyati – 2527 ta;
Xorazm viloyati – 1026 ta;
Toshkent shahri – 2950 ta.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonning qaysi hududi ajralishlar soni bo‘yicha yetakchi?