17:18 / 29.07.2022
1 417

Fuqaroning qarzi undirib berildi

Fuqaroning qarzi undirib berildi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Guliston tumanlararo sudining 27.01.2022 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor M.M.dan undiruvchi B.F.ning foydasiga 31 mln. 317 ming so‘m qarz undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Yangiyer shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.

Ijro harakatlari davomida davlat ijrochilari tomonidan qarzdor M.M.ning mulkiy holatlari o‘rganilib, ixtiyoriy muddatlarda qarzdorligini bartaraf qilish yuzasidan ogohlantirildi.

Ixtiyoriy ravishda qarzdorlik bartaraf etilmaganligi sababli olib borilgan majburiy ijro ijro harakatlari jarayonida davlat ijrochisi tomonidan undiruvchi B.F.ning foydasiga qarzdordan 31 mln. 317 ming so‘m pul mablag‘lari undirib berildi va undiruvchining huquqi tiklandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Fuqaroning qarzi undirib berildi