
Tadbirkorga 500 mln so‘m kredit ajratib berishni va’da qilgan sho‘’ba mudiri ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, «Ipoteka-bank» ATIB viloyat filialining sho‘’ba mudiri X.T. «L.S.» MCHJga qarashli Sho‘rchi tumanidagi ishlab chiqarish sexi binosini ta’mirlash uchun 500 mln so‘m kredit ajratib berish evaziga 10 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar