
Tadbirkordan 1 500 AQSH dollari talab qilgan elektr ta’minoti korxonasi rahbari qo‘lga olindi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Qumqo‘rg‘on tumani bo‘limlari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Surxondaryo viloyati, Qumqo‘rg‘on tumani elektr ta’minoti korxonasi boshlig‘i Yu.X. «M.M.» MCHJning qurilish sexini elektr tarmog‘iga qayta ulab berish evaziga MCHJ rahbari U.R.dan pora talab qilib, o‘z xizmat xonasida 1 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar