
O‘zbekistonga 7 oyda nechta sayyoh tashrif buyurgani hamda eng ko‘p tashrif qaysi davlatdan bo‘lgani haqida ma’lumot berildi.
Davstatqo‘m bergan ma’lumotga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-iyul oylarida 2,4 mln. nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,3 mln. nafarga yoki 2,2 baravarga oshgan.
O‘zbekistonga 7 oyda oyda eng ko‘p — Qozog‘iston (716,7 ming), Qirg‘iz R. (675,1 ming), Tojikiston (637 ming), Rossiya (247,2 ming) hamda Turkiya (38,6 ming) davlatlaridan tashrif buyurgan.
Shuningdek:
— Koreya – 8,4 ming nafar
— Germaniya – 8 ming nafar
— AQSH – 6,3 ming nafar
— Hindiston – 5,2 ming nafar
— Fransiya – 5,2 ming nafar
— Ozarbayjon – 5,1 ming nafar
— Isroil – 5 ming nafar
— Buyuk Britaniya – 4,7 ming nafar
— Italiya – 3 ming nafar
— Ispaniya – 2,5 ming nafar. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar