
Foto: Toshkent viloyati IIB
Toshkent viloyati IIBB sohaviy xizmatlari va quyi tizim xodimlari tomonidan giyohvandlikning har qanday ko‘rinishiga qarshi murosasiz kurash davom etadi.
Xususan, Jinoyat qidiruv boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan «Qora dori – 2022» (2-mavsum) doirasida Toshkent tumanida o‘tkazilgan tezkor-profilaktik tadbir davomida «Shirin» MFYda yashovchi 1975 yilda tug‘ilgan fuqaro Sh.R. daliliy ashyolar bilan ushlandi.
Aniqlanishicha, ushbu shaxs yashash xonadonida 6 kg marixuana (quruq va ho‘l holatdagi) giyohvandlik vositasini saqlab, 36 tup kannabis giyohvandlik o‘simligini parvarishlab, yetishtirib kelgan.
Mazkur holat yuzasidan ushlangan shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 25, 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar