1 451
Bahodir G‘aniyev — ta’limni inqirozga eltgan sabablar, adolatsiz test tizimi va “Kamolot” haqida
Bu yil oliy ta’limda o‘qishni reja qilib, testga kirgan 1 mln 73 ming 821 nafar abituriyentning 550 ming nafari (51,2 foiz) o‘tish ballining eng quyi chegarasi bo‘lgan 56,7 ballni ham to‘play olmadi.
Bu ko‘rsatkich bugun ijtimoiy tarmoqlarda shu qadar ko‘p muhokama qilinyapti, jamoatchilik hayratiga sabab bo‘lyaptiki, ochig‘i, bu bizni biroz hayron qoldirdi.
Demak, shu paytgacha ta’limning haqiqiy ahvoli, uning “botgan botqog‘i” yo bo‘lmasa, maktabda o‘qiyotgan, uni bitirayotgan o‘quvchilarning aksari hatto bir bet matnni to‘g‘ri yozib berish malakasiga ega bo‘lmay chiqayotgani ko‘pchilik uchun yangilik bo‘lgan, shekilli.
Kun.uz muxbiri maktab ta’limiga oid mavzular yuzasidan Osiyo taraqqiyot banki loyiha rahbari, xususiy maktablar bo‘yicha konsultant Bahodir G‘aniyev bilan suhbatlashdi.
Ma’lumot uchun, Bahodir G‘aniyev 1998-1999 yillarda Buyuk Britaniyaning Lafboro universiteti magistraturasini tamomlagan. 2005-2006 yillarda AQSHning Yel universitetida malaka oshirgan.
U turli yillarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy kengashi raisi, Prezident devonida Yoshlar ishlari sektori mudiri va “Iste’dod” jamg‘armasi raisi o‘rinbosari lavozimlarida mehnat qilgan.
Bahodir G‘aniyev bilan suhbat O‘zbekistonda xalq ta’limini inqirozga eltgan sabablar, bunda o‘qituvchilar va direktorlar o‘rni, test tizimidagi adolatsizliklar, kadrlar siyosati va “Kamolot”da kechgan yillar haqida borgan.
Intervyuni Ilyos Safarov o‘tkazdi
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi