
Farg‘ona tumanida 22 gektar ekin yer maydonini intensiv bog‘ tashkil etish uchun olib berish evaziga 68 000 AQSH dollarini qo‘lga kiritgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona viloyat boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro A.F. va boshqalar tadbirkor A.ning ishonchiga kirib, unga Farg‘ona tumani “Qo‘rg‘ontepa” MFY hududidan 22 gektar ekin yer maydonini intensiv bog‘ tashkil etish uchun olib berish evaziga 68 000 AQSH dollarini qo‘lga kiritgani aniqlanib, ushbu olgan pullari hisobidan 500 AQSH dollarini qaytargani protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Bundan tashqari, A.F. boshqa bir fuqaro D.ga Farg‘ona tumanidan 10 gektar ekin yer maydoni olib berish evaziga 10 000 AQSH dollarini qo‘lga kiritib, shundan 5 700 AQSH dollarini qaytarmasdan kelayotgani aniqlangan.
Shu kabi Rishton tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro R.M. va boshqalar “D.” fermer xo‘jaligiga qarashli 10 sotix ekin yer maydonini hujjatlarni soxtalashtirish orqali fuqaro J.ning nomiga turar joy sifatida kadastr yig‘majildi rasmiylashtirib bergani aniqlangan.
Shuningdek, R.M. fuqarolar B. va A.ning ishonchiga kirib, ularga tanishlari yordamida tuman hududidan uy-joy qurish uchun yer maydoni ajratib berish evaziga 100 mln so‘m va 6 000 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Farg‘ona TumanEkin YerIntesiv Bog‘Tadbirkorlik HuquqlariJinoyat KodeksiFiribgarlik Yo‘li O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar