20:20 / 15.09.2022
1 094

«SHHT — xalqaro dialog uchun juda muhim maydon» — rossiyalik jurnalist

«SHHT — xalqaro dialog uchun juda muhim maydon» — rossiyalik jurnalist
Rossiyaning «RBK» nashri jurnalisti Vladimir Serouxov «Daryo» muxbiri bilan suhbatda SHHTning Samarqand sammiti to‘g‘risida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Vladimir Serouxovning aytishicha, SHHT — xalqaro dialog uchun juda muhim maydon.

«Bu yil tashkilotga yana bir a’zo qabul qilinmoqda — bu Eron. O‘ylaymanki, kelasi yil Eron SHHTning to‘laqonli a’zosiga aylanadi. Men uchinchi bor O‘zbekistonga kelishim. Tashkilotchilik jihatidan hammasi a’lo darajada: tadbir ishtirokchilarini mehmonxonalarga joylashtirish, shahar bo‘ylab olib yurish, qayerga borishni xohlagan bo‘lsak, o‘sha yerga olib borishdi. Taomlar ham juda mazali. Shaxsan o‘zim o‘zbek taomlarini juda sevib iste’mol qilaman. SHHT sammiti 4 bor O‘zbekistonda o‘tayotgani ko‘p narsani anglatadi. Mamlakat bunday tadbirlarga tayyor, katta xalqaro loyihalar uchun ochiq», — deydi u.

Jurnalist SHHTga a’zo ba’zi mamlakatlar chegaralarida sammit oldidan ziddiyatlar yuzaga kelganini ham aytib o‘tdi.

«O‘ylashimcha, bunday ziddiyatlar aynan mana shunday katta tadbirlarda ijobiy yechim topadi. Hamisha tinch muzokaralarga intilish kerak. Qanchalik qiyin bo‘lsa ham muzokaralar stoliga o‘tirib, muammoni hal qilish zarur. SHHTga o‘xshash tashkilotlar shu kabi ziddiyatlar yuzaga kelmasligi uchun ham tuzilgan. O‘ylashimcha, bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha oldinga siljishlar aynan shu yerda Samarqandda ro‘y beradi», — «RBK» nashri jurnalisti Vladimir Serouxov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «SHHT — xalqaro dialog uchun juda muhim maydon» — rossiyalik jurnalist