
Buxoro shahrida xodimlarning mablag‘larini o‘zlashtirgan sobiq hisobchi aniqlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axboror xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Buxoro shahri bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Unda «M.» MCHJ sobiq hisobchisi D.U. MCHJga tegishli korporativ kartadan 961,5 million so‘mni naqdlashtirib olib o‘zlashtirgani hamda korxonaning 59 nafar xodimining 99 million so‘m ish haqini shaxsiy kredit to‘lovlari uchun yo‘naltirgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blanklar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Buxoro ShahridaMCHJ HisobchiIqtisodiy JinoyatlarTadbirkorlik Sub’ektlariXodimlar Mablag‘iJinoyat Kodeksi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing