
Fuqarolar ba’zida o‘z huquqi bo‘lgan uyga kiritilishini so‘rab sudlarga murojaat etilganda, ularning talabi va qonuniy tarzda uyga kiritilishi haqida hujjatlar qabul qilinadi.
Byuro davlat ijrochilari esa, ushbu hujjat ijrosini ta’minlaydi. Jumladan, Sirdaryo viloyat sudi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining 06.09.2022 yildagi ijro varaqasiga asosan da’vogar G.Mamadaliyeva va uning 2 nafar farzandlari bilan birga javobgar E.Mamadaliyevga tegishli bo‘lgan Guliston tumani, “Yulduz” MFY, Shodlik massivida joylashgan 4 xonali uyga majburiy tartibda kiritish hamda buyumlardan umumiy foydalanish tartibi belgilangan edi.
Majburiy ijro harakatlari davomida, da’vogar G.Mamadaliyeva sud qarorida ko‘rsatilgan manzilga ikki nafar voyaga yetmagan farzandlari bilan yashash uchun kiritib qo‘yildi.
Ijro harakatlari davomida, sud qarorlari ijrosi ta’minlandi va G.Mamadaliyevning huquqlari tiklandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar