
25 yanvar, chorshanba kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumani davlat soliq inspeksiyasi qoshidagi oshxonada chaqnash hodisasi sodir bo‘lgan. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati ma’lum qilmoqda.
XAbarda aytilishicha, ertasi kuni, 26 yanvarda DSI binosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar Torebekov hamda Xo‘jayli tumani hokimi J. Yermashov tuman sektor rahbarlari, keng jamoatchilik vakillari hamda fuqarolar ishtirokida mazkur hodisaning sabablari va oqibatlarini muhokama qilish maqsadida uchrashuv o‘tkazgan.
Uchrashuvda qayd etilishicha, hodisa natijasida bir fuqaro olgan tan jarohati oqibatida hodisa sodir bo‘lgan joyda vafot qilgan hamda ikki fuqaro tan jarohati olib, Xo‘jayli tumani tibbiyot birlashmasiga joylashtirilgan.
Ayni paytda mazkur holat yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar