date
views 502

Andijonda temiryo‘l stansiyasi boshlig‘i qo‘lga olindi

Andijonda temiryo‘l stansiyasi boshlig‘i qo‘lga olindi
Foto: Prezident matbuot xizmati.
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

«Qo‘qon mintaqaviy temir yo‘l uzeli» UKning «Andijon-1» stansiyasi boshlig‘i M.M. «P.t.» MCHJga aholiga arzon narxlarda ko‘mir yetkazib berishda temir yo‘l xarajatlari uchun imtiyoz berilganligidan foydalanib, MCHJ ish yurituvchisi D.Z.ga go‘yoki imtiyozlardan foydalanishda ko‘maklashish evaziga 1 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonda temiryo‘l stansiyasi boshlig‘i qo‘lga olindi