Majburiy ijro byurosining Guliston tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan, fuqarolik ishlari bo‘yicha Guliston tumanlararo sudining 23.04.2021 yildagi qaroriga asosan qarzdor G.Absalomovdan undiruvchi N.Absalomovaning foydasiga uch nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta’minoti uchun 1/4 qism miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Guliston tumani bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.
Ijro hujjati yuzasidan qarzdorning O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqish huquqlari vaqtinchalik cheklangan.
Ijro harakatlari davomida, qarzdor G.Absalomov va undiruvchi N. Absalomovalar o‘zaro kelishib, farzandlari voyaga yetguniga qadar bo‘lgan aliment pullari yevaziga Guliston tumani hududida joylashgan 6 xonali uy hadya qildi.
Shunga ko‘ra ijro hujjati taraflar kelishuviga asosan tamomlandi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)