Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bo‘stonliq tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro T.I. «S.T.» MCHJga qarashli savdo do‘konidan 2 dona uyali aloqa vositalarini xarid qilib, evaziga 14 dona qalbaki 50 AQSH dollarlik kupyuralar bilan hisob-kitob qilib, jami 700 AQSH dollarini berganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar