Ortiqxo‘jayevning kompaniyasi Abdulla Qodiriy nomidagi bog‘ni rekonstruksiya qiladi

1 daqiqa o'qish386
Ortiqxo‘jayevning kompaniyasi Abdulla Qodiriy nomidagi bog‘ni rekonstruksiya qiladi

Toshkent shahridagi Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ini rekonstruksiya qilish uchun o‘tkazilgan tenderda «Discover Invest» MCHJ g‘olib deb topildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Olmazor Business City yangi tadbirkorlik markazini qurish va ekspluatatsiya qilish direksiyasi 21 fevral kuni Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ini rekonstruksiya qilish uchun 34 mlrd 88 mln so‘mlik tender e’lon qilgan.

Mazkur tenderda 33 mlrd so‘mlik taklif bilan «Discover Invest» MCHJ g‘olib deb topilgan. Kompaniya rekonstruksiya ishlarini 240 kunda yakunlashi belgilangan.

Ma’lumot uchun, Abdulla Qodiriy madaniyat va istirohat bog‘ida 2019 yildan buyon rekonstruksiya ishlari olib boriladi. Bog‘ so‘nggi bor 2022 yilning mart oyida «uch oylik rekonstruksiya» uchun yopilgan edi. Shu vaqtga qadar bog‘ ta’miri uchun 40 mlrd so‘m ajratilgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?