19:23 / 17.04.2023
241

Kasbi va Karmanada «tanka»likni va’da qilganlar qo‘lga tushdi

Kasbi va Karmanada «tanka»likni va’da qilganlar qo‘lga tushdi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kasbi tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
 
Unda fuqaro D.M. fuqaro N.X.ni tanishlari yordamida qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasidagi O‘sh davlat universitetining yuridik yo‘nalishiga 2-bosqichdan o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 3 600 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
 
Shu kabi, Departamentning Karmana tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, «E.S.» MCHJ rahbari M.B. fuqaro M.T.ning Rossiya Federatsiyasi Moskva shahridagi Sinergiya universitetidagi o‘qishini 1 500 AQSH dollari evaziga Namangan davlat universitetiga ko‘chirib berish va imtihonlardan o‘tkazib qo‘yishni va’da qilib, oldindan 1 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
 
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat