Foto: Prezident matbuot xizmati
Shavkat Mirziyoyev 25 aprel kuni Toshkent shahrida rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Chexiya bosh vaziri Petr Fiala boshchiligidagi hukumat delegatsiyasini qabul qildi.
O‘zbekiston—Chexiya munosabatlarini yanada rivojlantirish va ikki mamlakat o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni ustuvor yo‘nalishlarda kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Chexiya O‘zbekistonning Yevropadagi an’anaviy hamkoridir. Joriy yilda ikki tomonlama diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi nishonlanmoqda. Keyingi bir necha yilda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 2 barobarga, qo‘shma korxona va loyihalar soni esa 2,5 barobarga ko‘paydi.
Bugungi kunda qurilish materiallari, tibbiy uskunalarni ishlab chiqarish, ishbilarmonlik infratuzilmasini rivojlantirish loyihalari amalga oshirilmoqda. Ta’lim, sog‘liqni saqlash va madaniyat sohalaridagi almashinuvlar har doimgidek faol. Mazkur tashrif doirasida O‘zbekiston—Chexiya arxeologik ekspeditsiyasining 20 yilligiga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochildi.
Uchrashuv chog‘ida o‘z mintaqalarida sanoat peshqadamlari bo‘lgan mamlakatlarning o‘zaro manfaatli hamkorligida mavjud salohiyatni samarali ishga solish muhimligi alohida ta’kidlandi. Hukumatlararo komissiya ishini faollashtirish va uning navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazish zarurligi qayd etildi.
Bugun mamlakatlar yetakchi korxonalari ishtirokida bo‘lib o‘tgan va istiqbolli loyihalar taqdimot qilingan biznes-forumning samarali yakunlari yuksak baholandi. Qazib chiqarish tarmog‘i, energetikani modernizatsiya qilish, energetik mashinasozlik, elektrotexnika, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va charm sanoati, transport va logistika, to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish, transport yo‘laklarini rivojlantirish va boshqalar ustuvor yo‘nalishlar sifatida qayd etildi.
O‘zbekistonda Chexiyaning ilg‘or texnologiyalarini keng joriy qilishga qaratilgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va birgalikda moliyalashtirish vositalaridan foydalanish muhimligi ko‘rsatib o‘tildi. Hamkorlikning har bir yo‘nalishi bo‘yicha ishchi guruhlar tuzish va yo‘l xaritalarini ishlab chiqishga qaror qilindi.
Bundan tashqari, Ishbilarmonlar kengashining faoliyati qayta yo‘lga qo‘yilmoqda, uning doirasida O‘zbekiston va Chexiya poytaxtlari va hududlarida biznes-forumlarni muntazam o‘tkazib borish rejalashtirilmoqda. Gumanitar almashinuvni kengaytirish, shu jumladan, Chexiyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalarida o‘zbekistonlik talabalarning tahsil olishi uchun kvotalarni ko‘paytirish va madaniy tadbirlar dasturini qabul qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi