Bo‘kadagi ishning yangi tafsilotlari: Qovurg‘asi sindirilib, bo‘yin qismidan bo‘g‘ib qiynog‘ga solingan

1 daqiqa o'qish554
Bo‘kadagi ishning yangi tafsilotlari: Qovurg‘asi sindirilib, bo‘yin qismidan bo‘g‘ib qiynog‘ga solingan

4 iyun kuni Bo‘ka tumani IIB tergov xonasida vafot etgan U.S. 1987 yilda tug‘ilgan, uning 4 nafar farzandi bor va o‘zi yollanma ishchi bo‘lib ishlagan. Dastlabki ekspertiza xulosalari IIB xodimlari uning qorin sohasiga urgani va bo‘yin qismidan bo‘g‘ib qiynaganini ko‘rsatmoqda deb yozmoqda Kun.uz.

«Marhumda ko‘krak qafasi chap tomonlama 5-qovurg‘aning to‘sh sohasiga birikib, yopiq sinishi, atrof to‘qimalariga qon quyilishi, qorin parda osti, ingichka ichak va ichak tutqichlariga ko‘p miqdorda qon quyilishlari, bo‘yinning qalqonsimon tog‘ay va til osti suyagi sohalari to‘qimalariga qon quyilishi kabi jarohatlar aniqlangan», — deyiladi Kun.uz’ga taqdim qilingan ma’lumotda.

To‘rt nafar farzandning otasini urib o‘ldirishda gumonlanayotgan IIB xodimlaridan birining ismi Dilshod bo‘lib (1985 yilda tug‘ilgan), Bo‘ka tuman IIB JQBning katta tezkor vakili. Yana birining ismi Shahzod. U 1992 yilda tug‘ilgan, 2019 yildan buyon Bo‘ka tuman IIB JQBning tezkor vakili bo‘lib ishlab kelgan. Ikki xodim ham ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.

Ichki ishlar vazirligi bayonotida ushbu xodimlar tizimdan bo‘shatilgani hamda Jinoyat kodeksining 235-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani ma’lum qilingan. Bundan tashqari, Bo‘ka tumani IIB boshlig‘i A.Boboxonov va bir qancha mas’ullar ishdan olingan.

IIV o‘z bayonotida markaziy apparat va viloyat IIBBdagi ayrim mas’ullarning harakatlari yuzasidan ham xizmat tekshiruvi tayinlanganini bildirgan edi.

Kun.uz’ning ichki ishlar organlaridagi manbasi ma’lum qilishicha, viloyat IIBB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Ortiq Xudaybergenovning bevosita va bilvosita qo‘llovi ortidan viloyatdagi jinoyat qidiruvi xizmati xodimlarining ko‘plab g‘ayriqonuniy ishlariga «ko‘z yumilmoqda».

Toshkent viloyati IIBning jinoyat qidiruvi yo‘nalishiga 5 yildan buyon rahbarlik qilib kelayotgan Ortiq Xudaybergenov – O‘zbekiston prezidentining Orolbo‘yi mintaqasini barqaror rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi Tursinxon Xudaybergenovning o‘g‘li hisoblanadi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Bo‘ka tumanida marhumning o‘ndan ortiq qarindoshlari IIB binosiga bostirib kirishga uringani aks etgan videolar tarqala boshlagan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?