13:00 / 06.07.2023
186

Olingan qarzni qaytarish lozim

Olingan qarzni qaytarish lozim

Ayni vaqtda ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish maqsadida kredit mablag‘larining ajratilishi o‘z navbatida tadbirkorlar ishiga ko‘mak bo‘lmoqda.

Albatta, olingan kredit qarzlarni samarali ishlatish va shartnoma shartlariga ko‘ra uni o‘z vaqtida to‘lab borish ham zarur.
Ammo ayrim qarz olgan shaxslar tomonidan bu borada e’tiborsizlikka yo‘l qo‘yilmoqda.

Jumladan, Fuqarolik ishlari bo‘yicha O‘zbekiston tumanlararo sudining 21.06.2023 yil kungi da’voni ta’minlash bo‘yicha ajrimiga asosan byuroning Furqat tumani bo‘lim tomonidan ijro hujjati bo‘yicha olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdorlar M.X., N.Yu. va M.M..lardan undiruvchi "FINANCE PARTNER MIKROKREDIT TASHKILOTI" MCHJ foydasiga 51.620.000 so‘m qarz undirish undiruvni garov mulki bo‘lgan NEXIA DONS rusumli 2010 yilda ishlab chiqarilgan transport vositasiga qaratish maqsadida byuroni Dang‘ara tuman bo‘limi  va IIV YHXB xodimlari bilan hamkorlikda olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida transport vositasi Dang‘ara tumani, Boy bo‘ta qishlog‘idan topilib, byuroning Furqat tuman bo‘limi binosiga olib kirilishi ta’minlandi.

Yakunini o‘ylab-o‘ylamay mulkini garovga qo‘yishga rozilik bergan mulk egasi ham endi lolu hayron.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Olingan qarzni qaytarish lozim
ePN