Qarz qarzni chaqiradi…

Avvaliga ma’muriy jarimalar o‘z vaqtida to‘lanmadi. Ortidan elektr energiyasi uchun ham qarzdorlik yuzaga keldi. Natijada bitta qarz ortidan yana biri yig‘ilib, umumiy qarzdorlik 14 ta ijro hujjati bo‘yicha 32 036,1 ming so‘mga yetdi.
Furqat tumanida qarzdor J.T. sud qarorlari talablarini ixtiyoriy muddatda bajarmagani, bir necha bor ogohlantirilganiga qaramay qarzlarni qoplamagani sababli davlat ijrochilari tomonidan unga tegishli Tracker 2 avtomashinasi xatlandi.
E’tiborli jihati, 707 davlat raqam belgili ushbu Tracker 2 avtomashinasi emas, balki qarzdorning qarzini o‘z vaqtida to‘lamagani xatlanishga sabab bo‘ldi.
Xulosa: Qarzni kechiktirish muammoni hal qilmaydi. Aksincha, qarz qarzni chaqirib, oxir-oqibat mol-mulk xatlanishiga olib kelishi mumkin.































Izohlar 0
…