10:13 / 18.07.2023
63

Yaponiya O‘zbekistonga seysmik barqaror binolar qurilishida amaliy yordam bermoqchi

Yaponiya O‘zbekistonga seysmik barqaror binolar qurilishida amaliy yordam bermoqchi

Foto: Dunyo
O‘zbekiston elchixonasi xodimlari Yaponiyaning yetakchi qurilish kompaniyalaridan biri - Okumura Corporation korporatsiyasi ijrochi direktori Akira Okada bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Unda ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini o‘rnatish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar qurilish sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, Okumura Corporation korporatsiyasining zilzilaga bardosh beradigan binolarni loyihalash va seysmik barqaror inshootlarni qurish tajribasini o‘rganish bo‘yicha fikr almashdi.

Korporatsiya ijrochi direktori Akira Okada O‘zbekistondagi yirik qurilishlarga qiziqish bildirdi. U Okumura Corporation korporatsiya tomonidan seysmik barqaror binolar, suv, avtomobil va temiryo‘l tunnellarini qurilishda amaliy yordam berishga tayyorligini ta’kidladi.

Okumura Corporation korporatsiyasi 1907 yilda tashkil etilgan. Korporatsiya suv, avtomobil va temiryo‘l kabi tunnellarning hamda seysmik barqaror binolarning qurilishi bilan shug‘ullanadi. Kompaniya Yaponiyada birinchi bo‘lib olti burchakli segmenti texnologiyasini ishlatishni boshlagan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yaponiya O‘zbekistonga seysmik barqaror binolar qurilishida amaliy yordam bermoqchi
ePN