Kattaqo‘rg‘on tuman tibbiyot birlashmasidagi firibgarlik holati aniqlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Kattaqo‘rg‘on tuman tibbiyot birlashmasi katta hamshirasi S.Sh. yuqumli kasalliklar bo‘limini 6 nafar hamshirasining ish stavkasiga 0,25 stavkadan qo‘shtirib berish evaziga ularning 2 200 AQSH dollari va 1,1 mln so‘mini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlanib, S.Sh. tomonidan 800 AQSH dollarini qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar