14:41 / 22.07.2023
756

Nima uchun Gippokrat odamlarni bepul davolashni maslahat bermagan?

Foto: Wday

Nahotki? Ammo faylasuf va tabib buni tushuntirgan edi. Endi biz uning falsafiy qarashlari mohiyatini qisqacha bayon qilamiz, deb yozadi Wday nashri.

Gippokrat tarixda “tibbiyotning otasi” sifatida qolgan. U yashagan davrda barcha kasalliklar la’natlardan kelib chiqadi, deb ishonishgan. Gippokrat esa bu masalada boshqacha fikrda edi.

U kasalliklarni afsun va sehr bilan davolash yetarli emas deb hisoblagan va ko‘p vaqtini kasalliklar, inson tanasi, xatti-harakati va turmush tarzini o‘rganishga bag‘ishlagan.

Va, albatta, u o‘z davrida shogirdlar yetishtirgan, shuningdek, turli mavzularda, jumladan, tibbiyot xodimlariga ish haqi to‘lash bilan bog‘liq bo‘lgan mavzularga bag‘ishlangan tibbiy asarlar yozgan.

Xususan, Gippokrat shunday degan edi:

“Har qanday ish adolat bilan taqdirlanishi kerak, bu hayotdagi barcha soha va kasblarga tegishli.

Va yana:

“Tekin davolamang, chunki tekin davolanganlar o‘z sog‘lig‘ini, tekin davolaganlar esa mehnati natijasini qadrlamaydilar”.

Qadimgi Yunonistonda aholining barcha qatlami har qanday kasallik tufayli shifokorga borishga qodir emas edi. Shifokorlar ularga har doim ham yordam qo‘lini cho‘za olishmasdi. Tibbiyot hali nihoyatda zaif, inson tanasi o‘rganilmagan, kasalliklarning nomlari ma’lum bo‘lmagan va ular xalqona usullari bilan davolangan, ba’zan esa bemorlar umuman tuzalmasdi ham.

Marke milliy galereyasi kolleksiyasidan Gippokrat portreti (Italiya, Urbino)
Foto: Wday

Gippokrat hech qachon shifokorlarga pul to‘lash haqidagi nuqtayi nazarini inkor etmagan, ammo muhtojlarga beg‘araz yordam berishdan ham bosh tortmagan.

U hayotda boylik yoki ortiqcha narsalarni qidirmang, ba’zan bepul davolang, buning uchun boshqalarning minnatdorchiligi va ehtiromiga sazovor bo‘lasiz degan umidda bunga jazm qilgan. Imkoningiz bo‘lsa turli holatdagi kambag‘al va musofirlarga yordam bering; chunki agar odamlarni yaxshi ko‘rsangiz, o‘z ilmingizni, mehnatingizni va minnatdorchiliksiz ham kasbingizni muqarrar ravishda sevasiz.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Nima uchun Gippokrat odamlarni bepul davolashni maslahat bermagan?
ePN