18:31 / 01.08.2023
213

Qashqadaryoda qurilish boshqarmasi sho‘ba boshlig‘i qo‘lga olindi

Qashqadaryoda qurilish boshqarmasi sho‘ba boshlig‘i qo‘lga olindi

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati

Qashqadaryo viloyat qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasi sho‘ba boshlig‘i pora bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, holat Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Qarshi shahar bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan.

Viloyat qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasi sho‘ba boshlig‘i H.N. “D.M.” MCHJ loyihachisi Sh.S.ga tanishlari yordamida “Paxtazor-1” MFYda joylashgan ko‘p qavatli uy-joy binosi loyihasini tasdiqlatib berishi evaziga 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat