Xiyonatkorlar qaysi mamlakatda qanday jazolanadi?

1 daqiqa o'qish17.7K
Xiyonatkorlar qaysi mamlakatda qanday jazolanadi?
Xiyonatkorlar qaysi mamlakatda qanday jazolanadi?

Shunday mamlakatlar borki, er-xotinning bir-biriga qilgan xiyonati jinoyat hisoblanib, ular qattiq jazolanadi. Quyida “Darakchi” nashri sizni ular bilan tanishtiradi.

Shveytsariya
Yevropaning eng ajoyib mamlakatlaridan bo‘lmish Shvetsariyada xiyonat qilgan odam uch yilgacha boshqa odam bilan nikohdan o‘ta olmaydi.

Turkiya
Bu mamlakatda xiyonat o‘g‘irlikdan ham yomon jinoyat hisoblanadi. 1996 yildan beri Turkiyada jinsidan qat’i nazar xiyonat qilgan odamga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, besh yilgacha ozodlikdan mahrum etiladi

Eron
Bu yerda xiyonat qilgan ayolni sud qilib o‘tirmasdan o‘ldirib yuborishadi. Eng yomoni buni ayolning eri yoki erkak qarindoshlari amalga oshiradi. Ammo erkak xiyonat qiladigan bo‘lsa, jamoatchilik tanbeh bilan kifoyalanadi.

Indoneziya
Bu yerning qonunlari Turkiyaning qonunidan ham o‘tib tushadi. Mamlakat qonuniga binoan xiyonat qilgan odam 15 yildan kam bo‘lmagan muddatga qamaladi.

Papua — Yangi Gvineya
Bu ekzotik mamlakatda nafaqat xiyonat qilganlar, balki xiyonat ko‘chasiga boshlaganlar ham jazoga tortiladi. Xiyonat qilgan ayolning eri rafiqasining boshini tanasidan judo qilishga majbur, rafiqasi bilan birga bo‘lgan erkakdan esa ayolning bosh barmog‘ini yeyish talab qilinadi.

Xitoy
Xitoyda xiyonat qonun doirasidagi jinoyat hisoblanadi. Xiyonat qilgan odam 2 yilga qamaladi va mol-mulkining yarmi davlat foydasiga musodara qilinadi.

Vyetnam
Topqir vyetnamliklar xiyonatni pul keltiruvchi manba deb hisoblab, xiyonat qilgan odamdan 45-145$ jarima undirishadi. Bu mamlakatda cho‘ntaging ko‘tarsa, istagancha xiyonat qilishing mumkin, barcha jarima rasman, qonun doirasida to‘lanadi!
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?