date
views 125

Davlat xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun to‘lov miqdorlari kamaytiriladi

Davlat xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun to‘lov miqdorlari kamaytiriladi

Foto: Oliy Majlis Qonunchilik palatasi

Joriy yilning 3 oktyabr kuni Qonunchilik palatasidagi Ekologik partiya fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida “Davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimi takomillashtirilgani munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokama etildi.

Ko‘rib chiqilgan qonun loyihasi bilan davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini takomillashtirish, jumladan, diplom, litsenziya, ruxsatnoma, davlat boji, yig‘imlar va boshqa to‘lovlar to‘langanini tasdiqlovchi hujjatlar kabi 15 ta faktlarni tasdiqlovchi ma’lumotlar va hujjatlar talab etishni bekor qilish belgilanmoqda.

Fraksiya yig‘ilishida deputatlar qonun loyihasining qabul qilinishi davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini tartibga solish, aholi va tadbirkorlik subyektlari uchun byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, davlat xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan to‘lov miqdorlarini kamaytirish hamda davlat xizmatlarini ko‘rsatish muddatlarini qisqartirishga xizmat qilishini qayd etdi.

Muhokamalar davomida qonun loyihasini yanada takomillashtirish  yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi hamda qo‘llab-quvvatlandi. Yig‘ilishda kun tartibiga kiritilgan boshqa masalalar ko‘rib chiqildi va tegishli qaror qabul qilindi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Davlat xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun to‘lov miqdorlari kamaytiriladi