23:38 / 05.12.2023
313

Zarifboy Ibodullayev: “Psixologiya pul ishlash manbaiga aylantirib yuborilmoqda”

Zarifboy Ibodullayev: “Psixologiya pul ishlash manbaiga aylantirib yuborilmoqda”

Psixologiya pul ishlash manbaiga aylantirib yuborilmoqda. Bu haqda Asab va ruhiyat ilmiy-tibbiy markazi direktori, professor Zarifboy Ibodullayev “Daryo” nashriga bergan qisqacha intervyusida aytib o‘tdi.

"Psixogenetiklar paydo bo‘lganmish. Ular bolaning tug‘ilishiga ham ta’sir qilamiz, hayotingizni ham, geningizni ham o‘zgartirib yuboramiz, deb va’dalar berishmoqda ekan. Bunday xizmat uchun shunaqa katta summalarni qo‘yishgan deyishadi, yoqa ushlaysiz.

Bu masalani Sog‘liqni saqlash vazirligida ham ko‘taryapmiz, umumiy psixologlar bilan ham gaplashdik. Ularni nazoratga oladigan tizimni yo‘lga qo‘ymasak bo‘lmaydi. Ba’zi psixologlar suhbatidan keyin oilalar buzilib ketyapti. “Psixolog suhbatidan keyin ayolim o‘zgarib qoldi”, deb bizga murojaatlar bilan kelishmoqda", — dedi professor.

Olimning aytishicha, hozir chet elda psixologik kurslar ko‘payib ketgan bo‘lib, 600 dollar evaziga masofadan o‘qib, diplom olish mumkin.

"Men masofaviy ta’limga qarshi emasman, lekin ularda malaka yo‘q. Hattoki oliy ta’lim tizimida o‘qimagan, ishlamagan. O‘qigan bo‘lsa ham boshqa sohada o‘qib, pul ishlash uchun shu sohaga kirgan. Gapga ustaligi, chechanligidan foydalanib, ko‘plab ayollarimiz o‘zicha psixolog bo‘lib qolishmoqda.

Umuman professionalizm yo‘q, psixogenetika nimaligini, etnopsixologiyani o‘zi bilmaydi. Oqibatda oilalarda katta muammolar paydo bo‘lmoqda", — dedi Zarifboy Ibodullayev.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat