AQSH jamg‘armasi o‘zbekistonliklar uchun ta’lim grantlari ajratishi mumkin

1 daqiqa o'qish109
AQSH jamg‘armasi o‘zbekistonliklar uchun ta’lim grantlari ajratishi mumkin

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabariga ko‘ra, vazir birinchi o‘rinbosari Komiljon Karimov AQSHning Stirling Foundation nodavlat xayriya jamg‘armasi prezidenti Maylz Xansen bilan uchrashdi. Unda 2024 yilda ikki tomonlama hamkorlikning istiqbolli masalalari, jumladan, Stirling Foundation nodavlat xayriya jamg‘armasi tomonidan O‘zbekistonda oliy va professional ta’lim, ilm-fan hamda innovatsiya sohalarida loyihalarni moliyalashtirish va joriy etish imkoniyatlari, O‘zbekiston OTMlarida ingliz tilini o‘qitish, AQSHda tahsil olish uchun ta’lim grantlarini ajratish kabi masalalar muhokama qilindi.

Muzokaralar davomida AQSH tomonidan oliy ta’lim sohasida almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish, OTM hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish, AQSHda bakalavriat va magistratura yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim olish imkoniyatlari yuzasidan qator takliflar bildirildi.

AQSHning Yuta va Aydaxo shtatlaridagi Brigam Yang Universitetlarida (Brigham Young University-Utah, Brigham Young University-Idaho) biznes boshqaruvi, menejment, muhandislik, sog‘liqni saqlash va boshqa sohalarda tahsil olish uchun grant ajratish masalalari shular jumlasidan.

Jamg‘arma tomonidan O‘zbekistonda masofaviy ta’limni joriy etish yuzasidan ham takliflar bildirilgan bo‘lib, ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘lmagan aholi qatlamiga (onalik ta’tilidagi ayollar, yashash joyi bo‘lmagan yoki uzoqda ta’lim olish imkoni bo‘lmaganlar va h.k.) imkoniyat yaratish masalasi atroflicha muhokama qilindi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?