14:53 / 23.12.2023
115

Toshkentda psixotrop dorilarni tarqatib kelgan «zakladchik»lar ushlandi

Toshkentda psixotrop dorilarni tarqatib kelgan «zakladchik»lar ushlandi

Foto: Toshkent viloyati IIBB

Toshkent viloyati IIBB va uning quyi tizimi - Tezkor-qidiruv xizmati xodimlari tomonidan «dolzarb 40 kunlik» tezkor-profilaktik tadbirlari davomida, kuchli ta’sir qiluvchi va psixotrop dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanuvchi jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

IIBB xabariga ko‘ra, Oqqo‘rg‘on tumani hududida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Toshkent shahrida yashovchi 58 yoshli ayol (L.G.) gumonlanib, tekshirilganda uning yonidan 57 dona «zardeks» va «tropikomid» kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlanib, hujjatlashtirilib olindi.

Ushlangan shaxs bilan o‘tkazilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida, u dorilarni tanishidan olganligi aniqlanib, tezkor tadbir davom ettirildi.

Uchtepa tumanida davom etgan tadbirda 1991 yilda tug‘ilgan fuqaroning xonadoni ko‘zdan kechirilgan. Uning uyidan 2 ming donaga yaqin «zardeks» «lirika» va «tropikomid» kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari daliliy ashyo sifatida olingan.

Bundan tashqari, ushbu xonadonda bo‘lgan 1993 yilda tug‘ilgan shaxs ham ayolga yordamchi ekanligi, u dorilarni sotish uchun mijozlar topish va tarqatilish bilan shug‘ullanishi aniqlandi.

Ushlanganlar bilan o‘tkazilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida, ular dori vositalarini tanishidan sotib olganligi aniqlanib, tezkor tadbir davom ettirildi.

Shayxontohur tumanida davom etgan tadbirda 1994 yilda tug‘ilgan shaxs 8 gr «mefedron» sintetik giyohvandlik vositasini 300 AQSh dollari va 4 mln 200 so‘mga nazoratdagi xaridorga sotayotgan vaqtida viloyat ichki ishlar bosh boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan ushlangan.

Uning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganida yuvinish xonasida 46 gr «mefedron» sintetik giyohvandlik vositasi o‘tkazish maqsadida saqlanayotgani aniqlanib, daliliy ashyo sifatida olindi. Ushbu shaxs sintetik giyohvandlik vositalarini «zakladka» tarzida tarqatish bilan shug‘ullanishi aniqlangan.

To‘rt kun davomida o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlar natijasida, kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining savdosi bilan shug‘ullanuvchi 6 nafar shaxsdan iborat jinoiy guruh qo‘lga olinib, noqonuniy muomaladan narxi 178 million so‘mga teng jami 2 000 donadan ortiq kuchli ta’sir qiluvchi, psixotrop dorilar hamda sintetik giyohvandlik vositalari muomaladan olingan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat