Kadr: Telegram
Qalin qor yoqqani sababli 8 fevral kuni soat 00:50 dan A-373 xalqaro avtomobil yo‘lining Qamchiq dovoni qismi avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, vazirlik rahbarligida tegishli tashkilotlarning mutaxassislari tomonidan vaziyat oqibatlarini bartaraf etish borasida profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, dovon yo‘lini maxsus texnikalar yordamida qordan tozalash chorasi ko‘rilmoqda.
“O‘zgidromet” 7−8 fevral kunlari Qamchiq dovonida qor yog‘ishi, vaqti-vaqti bilan kuchli yog‘ingarchilik va tuman kuzatilishi, ko‘rinuvchanlik 50 metrgacha pasayishi mumkinligi haqida xabar bergandi. Shuningdek, 7-8 fevral kunlari A-373 Toshkent—O‘sh avtoyo‘lining Qamchiq dovonidan o‘tgan qismida qor yog‘ishi, vaqti-vaqti bilan kuchli yog‘ingarchilik va tuman kuzatilishi, ko‘rinuvchanlik 50 metrgacha pasayishi, shamol tezligi 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi natijasida avtoyo‘lda yaxmalak va qor uyumlari yuzaga kelishiga olib kelishi mumkinligi aytilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Boʻstonliqda qoʻngʻir ayiq oʻldirib ketildi
Markaziy bank: qoʻngʻiroqqa javob berish bilan kartadagi pullar avtomatik echib olinmaydi
Qidiruvdagi avtomashinaning Navoiy shahrida harakatlanganligi aniqlandi
Koʻproq pensiya olish uchun nima qilish kerak?
UzAuto Motors kompaniyasiga vaqtinchalik rahbar tayinlandi
Oʻzbekistonga import qilinishi taqiqlangan xavfli mahsulotlar
“Mutlaqo maxfiy”: Komil Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd boʻyia jinoyat ishi sudda koʻrilmoqda
FVB boshligʻi 160 ming AQSh dollari olayotganda qoʻlga olindi