Foto: “Daryo”
O‘zbekistonda bolalar shamollashiga qarshi qo‘llanib, 68 nafar bolaning o‘limiga sababchi bo‘lgan “Dok-1 Maks” siropi bo‘yicha bo‘lib o‘tayotgan sud muzokara jarayonlariga o‘tgani haqida xabar berilgandi. Sudlov hay’ati bugun, 12 fevral kuni davom etgan navbatdagi majlisida prokuror muzokarasini tingladi. Bu haqda sudda ishtirok etayotgan “Daryo” mas’uli xabar berdi.
Sudda so‘z olgan prokuror sud tergovi davomida keltirilgan dalillar orqali ayblanuvchilarning aybi o‘z isbotini topganini aytib, muzokara so‘zida voqea tafsilotlariga to‘xtatilib o‘tirmasligini bildirdi.
Prokuror mazkur siropni O‘zbekistonga olib kirgan rasmiy diler — Quramax Medical MCHJ direktori S.R.P.ga 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishini so‘radi. Va jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tashi kerakligini ta’kidladi.
Foto: “Daryo”
Davlat ayblovchisi, shuningdek, Farmatsevtika tarmoqlarini rivojlantirish agentligining sobiq rahbari S.K. va uning ikki o‘rinbosari sifatida ishlagan mas’ullar — A.A. va M.N.ga 18 yildan ozodlikdan mahrum qilish jazo tayinlanishini so‘radi. Ularning har birini 3 yil muddatga moddiy javobgarlik va mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilishni talab qildi.
Sud majlisida davlat ayblovchisi tomonidan 68 nafar vafot etgan, 16 nafar og‘ir tan jarohati olgan bolalar uchun sudlanuvchilardan 100 mln so‘mdan, 2 nafar yengil tan jarohati olgan bolalar uchun esa 20 mln so‘mdan tovon puli undirish ham so‘ralgan.
Eslatib o‘tamiz, 68 nafar bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan “Dok-1 Maks” dori vositasiga doir jinoyat ishi bo‘yicha ilk sud ishi 2023 yil 11 avgust kuni bo‘lib o‘tgandi. Ish doirasida 23 nafar shaxslar Jinoyat kodeksining turli moddalari bilan ayblanmoqda. Ularning 9 nafariga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Toshkentda prokuratura tergovchisi pora bilan ushlandi (video)
Boʻstonliqda qoʻngʻir ayiq oʻldirib ketildi
Markaziy bank: qoʻngʻiroqqa javob berish bilan kartadagi pullar avtomatik echib olinmaydi
Qidiruvdagi avtomashinaning Navoiy shahrida harakatlanganligi aniqlandi
Koʻproq pensiya olish uchun nima qilish kerak?
UzAuto Motors kompaniyasiga vaqtinchalik rahbar tayinlandi
Oʻzbekistonga import qilinishi taqiqlangan xavfli mahsulotlar
“Mutlaqo maxfiy”: Komil Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd boʻyia jinoyat ishi sudda koʻrilmoqda