Ma’lumki, korxonada faoliyat yuritayotgan ishchilarning ishlashdan birinchi maqsadi iqtisodiy jihatdan naflanishi, ya’ni ish haqi olishi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi 154-moddasida Ish beruvchi o‘zining moliyaviy holatidan qat’i nazar, xodimga bajargan ishi uchun haqni belgilangan mehnat haqi shartlariga muvofiq to‘lashi shartligi belgilangan.
Biroq, ayrim korxona rahbarlari xodimlarni ishlatib, ularning ish haqini berishga kelganda turli xil vajlar keltiradi.
Masalan, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Guliston tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor “Guliston paxta tozalash” AJdan 14 nafar fuqarolarning foydasiga jami 150 mln. so‘m miqdoridagi ish haqi va nafaqa pullarini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Majburiy Byuroning Guliston tumani bo‘limi ish yurituviga tushgan.
Ijro harakatlari davomida, qarzdorning bankdagi barcha hisob raqamlariga band solingan.
Majburiy ijro harakatlari davomida, davlat ijrochisining undiruvni qarzdorning boshqa shaxslarda turgan pul mablag‘lariga qaratish to‘g‘risidagi qaroriga asosan MCHJdan 150 mln. so‘m miqdorida pul mablag‘lari undirilishi ta’minlangan.
Undirilgan pul mablag‘lari tegishli tartibda 14 nafar undiruvchilarning bank plastik kartalariga o‘tkazib berilishi ta’minlangan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»