756
“Kechgacha 50 tadan ovoz yig‘masang hammangni yo‘qotaman” – Qiziltepa tumani hokimi o‘rinbosari
Qiziltepa tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari O‘lmas Istamov Zoom orqali yig‘ilish qilib, tashkilot rahbarlarini “Open budjet”da bitta tashabbusga ovoz to‘plashga majburladi. Ijtimoiy tarmoqlarda hokim o‘rinbosarining ushbu yig‘ilishdan yozib olingan audiosi tarqaldi.
O‘lmas Istamov qaysi tashkilot rahbari kechgacha belgilangan ovozni to‘plamasa, kim bo‘lishidan qat’i nazar uni ishdan bo‘shatib yuborishini aytgan.
“Hozir hokim topshiriq berdi, agar natija qilmaydigan bo‘lsang hafa bo‘lib o‘tirma birortang.
Shahriyor, natija qilsang qil, bo‘lmasa arizangni yoz, tushundingmi gapimni? Menga bugun natija qilasan. Agar “obed”dan keyin yuzta ovoz yig‘ib bermasang, yo‘q bo‘lasan, jo‘ra. Menga sen kabi rahbar kerak emas. Bugun kechga “razbor” bo‘ladi.
Qani 3-bog‘cha, deputat, Atamurodova? Nima uchun natija qilmayapsiz? Oqoltinning bog‘chalari bilan gaplashyapman, Vang‘ozining bog‘chalari ham bittayam o‘zgarish qilgani yo‘q. Aytib qo‘yay, bugun juda katta o‘zgarish bo‘ladi kadrlar masalasida. Kamida 50 foiz bog‘cha mudirasi ishdan ketadi.
Hamma ishingizni yig‘ishtirasiz hozir va open budjet bo‘yicha yo‘lning yoqasiga ikkinchi joyga ovoz berasiz. Hamma xulosa qilsin, katta yig‘ilish bo‘ladi mana shu masala bo‘yicha. Agar bugun kim o‘zgarish qilmaydigan bo‘lsa, hurmatli bog‘cha mudiralari, keyin xafa bo‘lib o‘tirmang: qizig‘i yo‘q kim bo‘lishingizdan qat’i nazar. Shuning uchun hamma xulosa qilib, bugun kamida 50 ta o‘zgarish qilishi kerak.
Agar o‘zini hurmat qiladigan rahbar bo‘lsa, kerak bo‘lsa birorta qarindoshining nomiga sim karta olib bo‘lsa ham qiladi. Agar yog‘ kerak bo‘lsa, yog‘ ham beraman sizlarga. Tayyorman shu narsaga ham.
35-, 8-, 18-, 26-bog‘chalar ham o‘zgarish qilgani yo‘q. Yaxshi bo‘lmaydi bugun, aytib qo‘yay. Juda qattiq yig‘ilish bo‘ldi hozir shu masala bo‘yicha. Birortangiz kechirilmaysiz.
Karimov Erkin qani? Ey, og‘ayni, lo‘ttivozligingni pishirib ye, tushundingmi? Sen ham ketasan bugun, aytib qo‘yay. Anavi Tillayev degani, 3-sonli musiqa maktab direktori ham ketadi. Menga qasamxo‘rlik qilib, ikki mingta ovoz yig‘ib beraman deb lag‘monni ildirib ketgan, noinsof. Sport maktab ham yo‘qoladi bugun.
Qolganlarga ham aytib qo‘yay, agar bugun o‘zgarish bo‘lmaydigan bo‘lsa, hammangni yo‘qotaman, menga bunaqa komanda kerak emas”, degan hokim o‘rinbosari yig‘ilishda.
O‘lmas Istamov tashkilot rahbarlariga kechgacha elliktadan ovoz to‘plashni topshirgan hamda kim buni bajarmasa o‘sha tashkilot rahbari bilan xayrlashishini, ya’ni uni ishdan bo‘shatib yuborishini aytgan.
Ma’lumot uchun, O‘lmas Istamov 2022 yil 15 fevral kuni Qiziltepa tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan. 34 yoshli “zamhokim” bungacha Qiziltepa tumani xalq ta’limi bo‘limi mudiri (hozirgi Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri) lavozimida ishlab kelgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»