396
Soxta tadbirkorlik ortidan qamalgan aka-ukalar taqdiri: “Maishatga berilib, onamning umrini yedim”
“Nadomat” loyihasining navbatdagi suhbatdoshi 42-sonli manzil koloniyasida jazo muddatini o‘tayapti. U soliqdan bo‘yin tovlagani, savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzgani uchun Jinoyat kodeksining 184, 189-moddalari bilan 4 yilu, 2 oyga ozodlikdan mahrum etilgan.
— Aloqa kompaniyalari bilan shartnoma tuzib, pul to‘lash shoxobchasini ochgandim. Ro‘zg‘orga yarasha tirikchilik qilib turardim. Bir kuni tanishlarimdan biri kelib, firma ochish va naqdlashtirish bilan shug‘ullanishni taklif qildi. Tushgan puldan foiz olasan, degani uchun ko‘proq pul topishga bo‘lgan qiziqishim meni jinoyatga yetakladi. Buxgalteriya bo‘yicha hech qanday ma’lumotim yo‘q, telefonim orqali firma hisobiga tushgan pullarni nazorat qilib turardim.
2020 yilning avgust va sentyabr oylarida nomimga 4-5 ta firma ochganman. Guvohnomalar olinganidan keyin dekabr oyidan boshlab pul aylanmasi boshlangan. Har bitta firmaga 400-500 ta shartnoma tayyorlab qo‘yib, firmalarga taksi orqali chiqarib yuborardim. Firmaning ahamiyati yo‘q edi, Toshkent, Andijon yoki boshqa viloyatdagi firmalar bilan ham shartnoma tuzaverardim.
Foto: “Daryo”
Umumiy hisobda nomimdagi firmalarga 30 milliard so‘m pul kelib tushgan bo‘lsa, shundan menga bor-yo‘g‘i 170 million so‘m atrofida foyda ko‘rganman. Soliq departamentiga chaqirib, noqonuniy ish bilan shug‘ullanayotganimni tushuntirishgan. Bir oydan keyin prokuratura xodimlari chaqirishdi, sheriklarimni sotmadim. Ular meni aldashdi, mayli Xudo jazolarini bersin, — deydi mahkum.
— Nomingizga ochilgan firmalar necha oy faoliyat yuritdi?
— Pul aylanmasi 20 kun davom etgan. Nomimdagi firmalar tozalovchi vazifasini bajargan xolos. U pullar hisobimga kelib, yana qaytib egasiga boradi. Masalan, bir firma stollar sotgan, ammo u hujjatlarda qayd etilmagan yoki kirim bo‘lmagan pullarni naqdlashtirish uchun firmalarimdan foydalanilgan, — deydi mahkum.
Mashaqqatsiz topilgan pul suhbatdoshimizning yanada zavqini oshirdi. Qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha yaxshi deb o‘yladi, shekilli, bu ishga institutda o‘qiydigan ukasini ham jalb qildi. Hech narsadan xabari bo‘lmagan uka akasiga ishonib, nomiga firma ochishga rozi bo‘ldi. Balki, bu ishlar qonunga xilof ekanini bilganida akasini ham bu yo‘ldan qaytargan bo‘larmidi?
— MIBdan qarzing bor ekan, bitta firmangni yopib qo‘yishlari mumkin, deyishganidan keyin ukamning hujjatlarini olib, bitta firmani uning nomiga o‘tkazgandim. Ukam institutda tahsil olardi, u birorta hujjatga qo‘l qo‘ymagan, ammo firma uning nomida bo‘lgani uchun unga nisbatan ham jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov ishlari boshlangan paytda ukamga “Sen bo‘yningga olib ketaver, xursand qilamiz”, deyishgan ekan. Kolonkaga chiqqandan keyin ular bilan bog‘landim, ammo boshqa qo‘ng‘iroq qilmasligimni, bo‘lmasa ustimdan arz qilishlari haqida ogohlantirishdi. Shundan keyin indamadim.
Foto: “Daryo”
Ammo ukam men sabab ikki yildan buyon ozodlikdan mahrum, o‘qishi ham qolib ketdi. To‘g‘ri, u shu kungacha buni yuzimga solgani yo‘q, ammo vijdonim qiynaladi. Uning sha’niga ham dog‘ tushirdim, — deydi mahkum.
Mahkum suhbat so‘ngida aybiga iqror ekanligi, nafsning quliga aylanib, eng bebaho baxt — ozodlikdan mahrum bo‘lgani haqida kuyunib gapirdi.
— Pul topib, maishatga berilgan paytimda atrofimda do‘st-birodarlarim nihoyatda ko‘p edi. Qamalganimdan keyin ularning hech biri yonimda qolgani yo‘q. Faqatgina bolalikdan birga ulg‘aygan sinfdosh do‘stim mendan voz kechmadi.
Pul-ku, mayli topilar, ammo onamning umrini yeganimga achinaman. Men sabab onam sog‘lig‘ini yo‘qotdi. Keyin besh yoshli qizalog‘imning ulg‘ayayotganini ko‘rolmayapman. Ana shu narsalarni o‘ylab yuragim eziladi.
Agar qonuniy ishlab yurganimda allaqachon uy, mashina olib, onamning duosini olib yurgan bo‘lardim. Afsuski, arzimas pul va maishat ko‘zlarimni ko‘r qilgan ekan, — deydi mahkum. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»